SportUz.Net
photo photo

Guskov va UFC Vegas 91 turnirining barcha jangchilari taroziga chiqdi FOTOGALEREYA

27.04.2024 10:00    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Vegas 91 turnirining co-main event jangida hamyurtimiz Bogdan Guskov amerikalik Rayan Spennga qarshi oktagonga ko'tariladi. Hali UFC reytingiga kirmagan aralash yakkakurash ustamiz divizionning 11-raqamli jangchisi bilan oktagonda to'qnash keladi. 

Kecha jangchilar rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida ishtirok etishdi. So'nggi sterdaunlar ancha bosiqlik bilan o'tdi. Yarimog'ir vazn toifasidagi Rayan Spenn 93,21, Bogdan Guskov esa 92,75 kg tosh bosdi. 

Oqshomning markaziy jangi ishtirokchilari Mateus Nikolau 56,92, Aleks Peres esa 57,15 kg vaznga ega ekanini oydinlashdi. Devid Onama va Jeyms Llontop belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Endi ular o'z gonorarlaridan 20 foizini raqiblariga berishadi.  


UFC Vegas 91 tarozi natijalari:

Mateus Nikolau (56,92 kg) vs Aleks Peres (57,15 kg)

Rayan Spenn (93,21 kg) vs Bogdan Guskov (92,75 kg)

Ariane Lipski (57,15 kg) vs Karin Silva (56,92 kg)

Ostin Leyn (115,43 kg) vs Jonata Diniz (115,66 kg)

Jonatan Pirs (66,22 kg) vs Devid Onama (67,35 kg)*

Tim Mins (77,56 kg) vs Urosh Medich (77,56 kg)

Reni Yaya (61,68 kg) vs Viktor Genri (61,46 kg)

Ostin Xabbard (70,76 kg) vs Mixal Figlak (70,3 kg)

Don'Teyl Meys (119,74 kg) vs Kayo Machado (114,07 kg)

Marnik Mann (52,38 kg) vs Ketlen Souza (52,38 kg)

Jeyms Llontop* (70,98 kg) vs Kris Padilya (70,08 kg)

Ivana Petrovich (57,15 kg) vs Na Liang (57,15 kg)

Gabriel Benites (70,3 kg) vs Maxeshat Xaysaer (70,53 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: