SportUz.Net
photo photo

Bugun Saidjamshid Jafarov Qozog'istonda jang o'tkazadi

27.04.2024 10:57    


Rasmni yuklab olish

Bugun Qozog'istonning Almati shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi o'tkaziladi.

Turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov va mezbon Talgat SHayken o'rtasida kechadi. 

Avvalroq Jafarov ushbu jang oqshomida qozog'istonlik Olimpiada chempioni Daniyar Eleussinovga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Biroq, Eleussinovning jarohati sabab endi yurtdoshimiz Talgat SHaykenga qarshi ringga ko'tariladi. 

Turnir kardi bilan tanishing:

Markaziy jang, o'rta vaznda: Saidjamshid Jafarov - Talgat SHayken (Qozog'iston)

Birinchi og'ir vaznda: Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) - Luis Antonio Texeda (Dominikan)

Ikkinchi o'rta vaznda: Ali Axmedov (Qozog'iston) - Karlos Rivero (Venesuela)

O'rta vaznda: Abel Mina (Ekvador) - Magomed Madiev (Rossiya) 

Birinchi o'rta vaznda: Farux Toxtasunov (Qozog'iston) - Yuriy Osipov (Rossiya)

Super og'ir vaznda: Sag'indik Tog'ambay (Qozog'iston) - Davlat Boltaev (Turkmaniston)

Engil vaznda: Bekman Soylibaev (Qirg'iziston) - Xarxuu Enx-Amar (Mo'g'uliston) 

Minimal vaznda: Temirtas Jusupov (Qozog'iston) - Anvar Xojiev (Kirg'iziston)

Yarim og'ir vaznda: Adlan Selmurzaev (Qozog'iston) - Artush Ogannisyan (Armaniston).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: