SportUz.Net
photo photo

Rayan Spenn Bogdan Guskov va Entoni Smitning o'xshashligi haqida: "Bu "bashara" meni uchinchi bor yuta olmaydi"

27.04.2024 13:38    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik UFS jangchisi, yarimog'ir vazn reytingida 11-o'rinni egallab turgan Rayan Spenn bo'lajak jangidagi raqibi haqida fikr bildirdi.

Ertaga tong saharda o'tkaziladigan jangda Rayanga hamyurtimiz Bogdan Guskov raqiblik qiladi.

Xabaringiz bor, Guskov va UFC'ning yana bir vakili Entoni Smit tashqi ko'rinishdan bir-birlariga juda ham o'xshash hisoblanadi. Entoni Smit Rayan Spenn bilan ikki marotaba jang qilib, har ikkisida ham g'alaba qozongan.

"Bilmadim, UFC nima qilmoqchi o'zi, ammo bu "bashara" meni uchinchi marta yuta olmaydi", deya mazkur vaziyatga munosabat bildirgan Spenn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: