SportUz.Net
photo photo

Entoni Smit UFC`ning taklifini rad etdi

09.05.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Entoni Smit promoushen tomonidan bo'lgan taklifga rad javobini berdi.

U o'tgan yakshanba tongida Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan UFC 301 turnirida braziliyalik Vitor Petrinoga ilk mag'lubiyatini taqdim etgandi. Smitga UFC to'rt haftadan so'ng jang o'tkazish taklifini bergandi. 

Tashqi ko'rinishidan hamyurtimiz Bogdan Guskovga o'xshab ketadigan Smitga 1 iyun kuni Nyuarkda o'tkaziladigan UFC 302 turnirida oktagonga chiqish taklif qilingandi. Entoni qisqa muddatda tayyorgarlik ko'rish va vazn tashlash qiyinchilik tug'dirishini aytib, bu taklifga rad javobini berdi. 

Malumot uchun, Entoni Smit bundan avvalgi jangida Xalil Runtriga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ayni paytda u divizion reytingida 10-o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: