SportUz.Net
photo photo

Fyuri: "Agar Usik g'alabani mendan ko'ra ko'proq istasa - u yutadi"

09.05.2024 17:57    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi 18 may kuni o'tkaziladigan jang haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Uning mendan kichikligi yoki kattaligining jangda ahamiyati bo'lmaydi. Barchasi kim g'alabani ko'proq istashiga bog'liq bo'ladi. Agar u buni ko'proq istasa, g'alaba qozonadi. Agar men ko'proq xohlasam, men yutaman. Har qanday holatda ham bu zavqli bo'ladi. 

U katta og'ir vaznlilar bilan jang qila olishga qodirligini isbotlagan, Joshua va Dyubua kabi bokschilarni yutib. Men g'alaba qozonishni istaydigan elit jangchiga qarshi ringga chiqaman", - dedi Fyuri. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: