SportUz.Net
photo photo

UFC Luisvill turnirining markaziy jangi elon qilindi

27.04.2024 08:19    


Rasmni yuklab olish

8 iyun kuni AQSHning Kentukki shtati Luisvill shahrida UFC on ESPN 57 turniri o'tkaziladi.

Liga matbuot xizmati ushbu oqshomning markaziy jangini elon qildi.

Unga ko'ra, o'rta vazn toifasida UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Jared Kannonir (17-6-0) turnir doirasida oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni reytingning sakkizinchi pog'onasidagi Franciya vakili Nassurdin Imavov (13-4-1) raqiblik qiladi.

O'tgan yilning yanvar oyida Nassurdin Imavov o'zining uchta g'alabadan iborat seriyasini to'xtatgandi. O'shanda u besh raundlik jang yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan SHon Striklendga yutqazib qo'ygandi. Imavovning Kris Kertisga qarshi keyingi jangi esa o'tkazilmagan deya topilgan edi. Boisi, jangchilar ikkinchi raundda bosh bilan to'qnashib ketishgandi. SHundan so'ng Nassurdin Roman Dolidzeni mag'lub eta oldi.

Jared Kannonir esa 2022 yilning iyul oyida Israel Adesanyaga qarshi kechgan chempionlik jangida yutqazdi. SHundan keyin amerikalik aralash yakkakurash ustasi ketma-ket ikkita jangda zafar quchdi. Avvaliga hakamlarning ayri qarori bilan SHon Striklendni, keyin esa Marvin Vettorini engdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: