SportUz.Net
photo photo

Aleksandr Usik: "Biz Tayson Fyurini jang o'tkazishga majbur qilamiz"

09.06.2023 13:57    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jangni o'tkazish uchun so'nggi urinishni amalga oshirishadi.

Saudiyaliklar britaniyalik chempionga so'nggi moliyaviy taklif tayyorlashyapti. Bu haqda ukrainalik bokschining promouteri Aleksandr Krasyuk xabar berdi.

"Menga malum bo'lishicha, tashkilotchilar Taysonga so'nggi rasmiy taklif tayyorlashyapti. Hammasi Fyurining o'zida qoldi. Biz o'z tomonimizdan qo'limizdan kelgan bor harakatni amalga oshirdik. Agar u bu taklifni qabul qilsa, katta jangga ega bo'ladi. Faoliyatidagi eng buyuk jangni qo'lga kiritadi. Mabodo rad javobini bersa, u holda kamarni bo'shatib qo'yib, nafaqaga chiqishi shart bo'ladi", - dedi Krasyuk.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Aleksandr Usik ham bu masalaga o'z munosabatini bildirdi. 

"Superog'ir vazn toifasidagi ajoyib jangni muxlislarga ulasha olish imkoniyati menda borligidan xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Ha, Fyuri men bilan jang qilishdan qochyapti. Lekin biz uni majbur qilamiz. Biz bu ishni amalga oshiramiz", - dedi ukrainalik jahon chempioni. 

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turibdi. Tayson Fyuri esa WBC chempioni. O'tgan oyning so'nggi kunlari Butunjahon boks associaciyasi (WBA) Usik kamarini majburiy davogar, britaniyalik Daniel Dyubuadan himoya qilishi kerakligini belgilab bergan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: