SportUz.Net
photo photo

"Xabib chempion bo'lib qoladi". UFC prezidenti Nurmagomedovni kamardan mahrum qilmaydi!

13.02.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasida tashkilot chempioni Xabib Nurmagomedovni chempionlik kamaridan mahrum qilmasligini malum qildi.

"Xabib Konorni mag'lub etdi, Poreni yakson qildi. U haqiqiy erkak va chempion. Biz uni chempionlik titulidan mahrum qilmaymiz. Xabib chempion bo'lib qoladi. Nurmagomedov tez kunlarda Las-Vegasga uchib keladi. Biz uchun bilan kechki taom ustida uchrashamiz va kelajak rejalarni muhokama qilib olamiz. Ishonchim komil, u albatta oktagonga qaytadi", — dedi Uayt.

Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yilning oktyabr oyida Jastin Getjini mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgandi. 2021 yilning yanvarida Dana Uayt va Xabib Nurmagomedov BAAda uchrashishdi. Lekin ilk uchrashuv Xabibni ko'ndirish uchun kifoya qilmadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: