Kechaning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamari uchun kechdi. Unda rossiyalik Maksim Vlasov (45-3, 26 KO) amerikalik Jo Smit (26-3, 21 KO) o'zaro ringda to'qnash kelishdi. Ushbu jang ikkinchi urinishda amalga oshdi. Avvalroq rossiyalik bokschida COVID-19 aniqlangani bois jang kechroq muddatga ko'chirilgandi.
Nihoyat, kecha chempionlik o'tkazildi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda Jo Smit 114-114, 115-113, 115-112 hisoblarida g'alaba qozonib, egasiz qolgan chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"