SportUz.Net
iks
ads

Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"

18.12.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning yarim o'rta vazn (77 kg gacha) reytingida 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli ijtimoiy tarmoqlarda Qozog'iston vakili SHavkat Raxmonovga chaqiriq tashlar ekan, nima uchun O'zbekistonni tilga olganini tushuntirdi.

— Oxirgi chiqishlaringdan birida SHavkatga: "O'zbekistonda yashirinishni bas qil", deganding. O'zi SHavkat boshqa davlat vakili ekanini bilasanmi?

— U qaerda tug'ilgan? To'g'ri, O'zbekistonda. Men O'zbekistonga SHavkatning o'zidan ham yaqinman. Ro'ziboev bilan jangga O'zbekiston bayrog'ini elkamga tashlab chiqqanman. Bu SHavkat tug'ilgan mamlakatga men undan ham ko'proq muhabbat ko'rsatayotganimni isbotlaydi.


— Nursulton Ro'ziboev bilan jangingiz ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. Qozog'iston va O'zbekiston qo'shni, shuning uchun bir-birimizni kuzatib boramiz. O'zbekistonlik muxlislardan shaxsiy xabarlar yoki "hujumlar" bo'ldimi?

— Ijtimoiy tarmoqlar — bu bir gap. Ammo Sent-Luisda yashaydigan o'zbek jamoasi bilan juda yaxshi munosabatlarim bor. Bu erda katta o'zbek diasporasi bor. Do'stlarimdan biri, juda yaqin do'stim — o'zbek. Jang oldidan bayroqni elkamga olib chiqishim — ularga bo'lgan hurmat va muhabbatimni ko'rsatish imkoni edi. Keyin bayroq bilan meni belgilaganlarning barchasini sahifamga joyladim — ularni ko'rishsin, tanishsin deb.

Men yana bir narsa qilishni istayman — O'zbekistonga borib, u erdagi odamlar bilan vaqt o'tkazish. Oxir-oqibat, biz hammamiz bir tilda — yakkakurashlar tilida gaplashamiz. Agar sen keng qalbli jangchi bo'lsang, har doim hurmatga ega bo'lasan", — dedi Bakli.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: