
"Agar ulardan birortasi jarohat olsa, men jangga chiqaman. O'zimni formada tutaman. UFC bu jangga zaxira qo'ymaydi, lekin hamma narsa bo'lishi mumkin - men shunchaki mashq qilaman va o'zimni formada ushlab turaman. Agar menga qo'ng'iroq qilishsa, uch hafta oldin, ikki hafta oldin, bir hafta oldin - men tayyor bo'laman.
Kim afzalroq? To'g'risini aytsam, ikkalasi ham qop. CHempionlik jangi kabi tayyorgarlik ko'rish kerak bo'lgan qoplar, chunki jangda hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin ular mening darajamda emasligini ko'ryapman. SHuning uchun u erda mushtlashmayman. Men kuchsizroq bo'lganimda - shubhasiz, o'sha erda bo'lardim", - dedi rossiyalik jangchi tadbirdan keyin bergan intervyusida.
SHuningdek, UFC engil vazn toifasi reytingining birinchi raqamli jangchisi yaqinda uni ishdan bo'shatishi mumkinligiga ishora qilgan liga rahbari Dana Uayt bilan sahna ortida hech qanday mojaro yo'qligini malum qildi.
"Umuman hech narsa bo'lgani yo'q. Bu holat men Islam Maxachev bilan jangga chiqa olmaganim uchun bo'ldi. Bu saboq olish va janglarga professionalroq yondashish uchun bo'ldi", - deya tushuntirdi Carukyan.

ATFC'ning Brave CF Ligasi bilan Buxoroda o'tkazadigan turniri to'liq kardi elon qilindi