SportUz.Net
iks
ads

Anderson Silva CHimaevni mag'lub eta oladigan UFC jangchisini aytdi

18.12.2025 14:48    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Anderson Silva o'z hamyurtini o'rta vaznda (84 kg gacha) amaldagi chempion Xamzat CHimaevga raqobatchi bo'lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasining fikricha, Aleks Pereyra BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzatni mag'lub etishga qodir deb hisoblamoqda. 

"Xamzat - "hayvon", ajoyib jangchi. Ammo agar ular CHimaev bilan qafasda uchrashganida, men Aleks Pereyrani qo'ygan bo'lardim", - dedi Silva The Schmo YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Oktyabr oyida UFC 320 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Pereyra rossiyalik Magomed Ankalaevni texnik nokaut evaziga mag'lub etib, yarim og'ir vazn toifasida (93 kg gacha) chempionlik kamarini qaytarib olgandi.

CHimaev UFC 319 oqshomida hakamlarning yakdil qarori bilan janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi ustidan g'alaba qozonib, o'rta vazn chempioniga aylangan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: