SportUz.Net
iks
ads

Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!

18.12.2025 16:54    


Rasmni yuklab olish

Malum qilganimizdek, 30 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida MMA bo'yicha navbatdagi RIZIN turniri o'tkaziladi.

Avvalroq, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Ilhom Nazimov amerikalik Noa Beyga qarshi oktagonga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.

Biroq Ilhomning Instagram sahifasida malum qilishicha, uning raqibi o'zgargan. Hamyurtimiz endi o'sha kuni braziliyalik Roberto de Souzaga qarshi bahs olib boradi. Engil vazn toifasida RIZIN kamari uchun kechadigan jangda Nazimov zaxira jangchisi sifatida ishtirok etadi.

Malumot uchun, Ilhom Nazimov MMAda 12 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan.  Nazimov bundan avvalgi jangini ham RIZIN ligasida o'tkazgan edi. Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tgan RIZIN Landmark 11 turnirida 30 yoshli hamyurtimiz Yaponiya vakili Suguru Niigani ilk raunddayoq nokautga uchratgandi. 

36 yoshli Roberto de Souza hisobida esa 20 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: