SportUz.Net
iks
ads

"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi

18.12.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

AQSHlik UFC jangchisi Xoakin Bakli qozog'istonlik SHavkat Rahmonovga nisbatan shaxsiy adovati yo'qligini aytdi, biroq yana bir bor Nomadni oktagonda o'ziga qarshi chiqishga chaqirdi.

— SHavkat bilan bo'lgan "bif"ingizga qaytsak…

— To'xta-to'xta. "Bif" — bu boshqacha narsa. Amerikada "bif" degani — agar seni ko'rsam, senga nimadir qilaman, degani. Men esa shunchaki SHavkatni jangda ko'rgim keladi. Men uning muxlisiman. Umuman, barcha jangchilarning muxlisiman. Yana bir fikr: ijtimoiy tarmoqlarda meni trollashga harakat qilish kerak emas. Garchi bu SHavkatning o'zi emas, balki uning menejeri — Sayat yoki uning nomidan gapiradigan kimdir ekanini tushunaman. Gap shundaki, boshqalarni o'z nomingdan gapirtirma. Agar sen kap-katta erkak bo'lsang, "O, Bak, sen etarlicha kuchli emassan", degan uslubda bayonot berma. Agar men unchalik yaxshi bo'lmasam, sen o'zingdagi istedod va mahorat bilan bemalol chiqib, meni finish qilib, kamar uchun davogarlar safiga qaytib kelishing mumkin. Usman qila olmagan ishni qilishing mumkin. Lekin menimcha, SHavkat o'zini ko'rsatayotgandek kuchli emas", — dedi Xoakin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: