SportUz.Net
iks
ads

Xolli Xolm Ronda Rouzi bilan revansh jangiga tayyor

19.12.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

Agar Rondaning yakkakurashlarga qaytishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlansa, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xolli Xolm istalgan vaqtda Rouzidan revansh olishga tayyor.

Xususan, Ariel Xelvaniga bergan intervyusida Xolli Dana Uaytning 2015 yil noyabr oyida Rouzini nokautga uchratganidan keyin u bilan zudlik bilan revansh olishdan bosh tortgani haqidagi so'zlari haqiqatga to'liq mos kelmasligini tushuntirdi.

"Agar uning haqiqatan ham qaytmoqchi ekanligini bilganimda, men revanshga aniq rozi bo'lardim. Savol ochiq edi: u qachon qaytib keladi? Jangni qancha kutishim kerak? Faol bo'lib qolishni istardim. Men jangchiman - bu men shug'ullanadigan ish. Men har doim Ronda bilan revanshga tayyor edim, lekin u buni xohlaganmi-yo'qmi, bilmayman. Ammo men har doim unga qasos olish uchun imkon berishga tayyor edim va bu taklif hali ham o'z kuchida. Men hali ham shu erdaman", - dedi Xolm.

SHu oy boshida Ronda Rouzi boks bo'yicha engil va birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni irlandiyalik Olimpiada chempioni Keti Teylor bilan jang yuzasidan muzokara borayotgani haqida xabar berilgandi. SHuningdek, Rouzining mashg'ulotlarni davom ettirayotgan hamda alo darajadagi sport formasida bo'lgan Jina Karano o'rtasida jang bo'lishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqalmoqda.

SHu yil boshida UFC’ni tark etgan 44 yoshli Xolli Xolm 3 yanvar kuni Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida ringga ko'tariladi. U engil vazn toifasida WBA chempionlik kamarini hamyurti Stefani Xandan tortib olish uchun urinib ko'radi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: