
Ukrainalik Daniil Donchenko yarim o'rta vazn toifasi vakili hisoblanadi. U shu kuni amerikalik Aleks Moronoga qarshi oktagonga chiqadi. Daniil shu yilning sentyabr oyida San-Antonioda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 259 turniri "The Ultimate Fighter" teleloyihasining final jangida braziliyalik Rodrigo Sezinandoni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.
2016 yildan beri ligada ishtirok etib kelayotgan Aleks Morono esa mart oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U so'nggi jangining birinchi raundidayoq braziliyalik Karlos Lealga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, UFC Fight Night 266 turnirining asosiy jangi eng engil vazn toifasida Mario Bautista va Vinisius Oliveyra o'rtasida bo'lib o'tadi.

"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"