SportUz.Net
iks
ads

Superog'ir vaznli Entoni Joshuani vazn tashlashga majbur qilishdi. Nega?

19.12.2025 09:18    


Rasmni yuklab olish

Ertaga o'tkaziladigan boks oqshomining asosiy voqeasi bloger-bokschi Jeyk Pol va superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'ldi.

Jang rasman superog'ir vazn toifasida o'tkazilayotganiga qaramay, shartnomada unga 245 funt (111,13 kg) cheklov qo'yilgandi. Entoni Joshua 243,4 funt (110,4 kg) natija ko'rsatib, ushbu ko'rsatkichni muvaffaqiyatli uddaladi. Bu uning 2021 yilda Aleksandr Usikka qarshi birinchi jangidan beri eng kichik vaznidir (o'sha paytda inglizning vazni 108,9 kg bo'lgan).

Jeyk Pol ushbu jangga 98,25 kg (216 funt) vazn bilan chiqadi. Bu o'tgan yilgi Mayk Taysonga qarshi jangdan kamroq vazn, o'shanda Pol 103,1 kg tosh bosgandi.

Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol va Entoni Joshua o'rtasidagi jang ertaga tong saharda AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: