SportUz.Net
photo photo

Kyellini Yevropa chempionati rekordini o‘rnatdi

12.07.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kyellini Yevropa chempionatlari rekordini o‘rnatdi.

U Yevropa chempionatlari finalida o‘ynagan yoshi eng katta sardorga aylandi. Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan final bahsida maydonga tushgan italiyalik futbolchi kecha 36 yoshu 331 kunlik edi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u vatandoshi Janluidji Buffonning natijasini yaxshiladi. Darvozabon Yevro-2012 finalida 34 yoshu 154 kunlik edi.

Kyellini 2004 yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U milliy jamoa safida 107ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: