
Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi.
Mazkur sovrin uchun sakkiz nafar futbolchi kurash olib boradi. Ovoz berish jarayoni 8 mart kuniga qadar davom etadi.
Nomzodlar bilan tanishing:
Yoakim Andersen («Fulhem») — 6 ta uchrashuvda 1 ta assist va 4 quruq o‘yin;
Harvi Barns («Lester») — 5 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist;
Joau Kanselu («Manchester Siti») — 5 uchrashuv, 2 ta quruq o‘yin;
Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 5 ta bahsda 4 ta gol va 3 ta assist;
Ilkay Gundo‘g‘an («Manchester Siti») — 5 ta o‘yinda 4 ta gol va bitta golli uzatma;
Jessi Lingard («Vest Hem») — 5 ta uchrashuvda 3 ta gol va bitta assist;
Ruben Nevesh («Vulverhempton») — 5 o‘yinda 3 ta gol va bitta assist;
Rafinya («Lids») — 6 bahsda 2 ta gol va bitta golli uzatma.
Yanvar oyida «Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an ushbu sovringa loyiq ko‘rilgandi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!