"Barselona" o'z himoyachisi Samuel Umtitini qishki transferlar oynasida "Yuventus" klubiga sotishdan bosh tortgan.
Italiya klubi yanvar oyi davomida o'yinchiga qiziqish bildirib keldi, ammo francuz bilan shartnoma imzolashga bo'lgan urinishlar yaqinda boshlandi.
Oldinroq, "Liverpul" ham o'yinchi bilan shartnoma imzolashni xohlayotganligi haqida aytilgan edi. Umtiti joriy mavsum La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.