SportUz.Net

"Atletiko" Moratani APL klubiga 40-45 mln evroga sotmadi

17.08.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" ushbu mavsumlar oralig'ida Alvaro Moratani sotish fikridan qaytdi.

29 yoshli forvard "Yuventus"dagi ijaradan so'ng jamoaga qaytdi. Avvaliga unga ishonch bildirilmagandi va o'yinchining transfer oynasi so'nggiga qadar ketishi kutilgandi.

Ammo, endilikda madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeonening rejalari o'zgardi. Morata "Xetafe" (3:0)ga qarshi La Liga ilk turida dubl qayd etdi.

"Atletiko" hujumchining transferi borasida berilgan 40-45 mln evrolik taklifni rad etdi. Taklif bergan klub nomi ochiqlanmagan, ammo uning APL jamoasi ekanligi aniq.

Morataning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: