25 yoshli angliyalik futbolchiga "Bornmut" va "Fulxem" klublari qiziqmoqda. "Liverpul" futbolchining sotuvidan 10 mln funtdan ko'proq ishlamoqchi.
Fillips 2016 yilning avgustidan beri "Liverpul"da o'ynaydi. U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Bornmut"da ijarada o'tkazdi.
U jamoa tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt Fillipsni 7,2 million funtga baholamoqda.