Uchrashuv minimal hisobda mezbonlar foydasiga yakunlandi. O'yindagi yagona golni "Tobol"ning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev urdi. Terma jamoamiz azosi 67 daqiqa maydonda harakat qildi. Qolaversa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlarning serbiyalik legioneri Zoran Toshich penaltini aniq amalga oshira olmadi.
"Tobol" mazkur g'alabadan so'ng 21 ochko bilan chempionat turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. "Kaspiy Aktau" esa 22 ochko bilan 2-pog'onani band etgan.
"U diqqat markazda bo'lishni va boshqalar ustidan hukmronlik qilishni istaydi" - CHendler
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi