Uni Toshkent xalqaro aeroportida "Paxtakor" klubi rahbariyati va "sherlar" muxlislari kutib oldi. VIDEO
"Hali "Paxtakor" klubi rahbariyati va murabbiylar bilan ko'rishib, gaplashib olmadim. Hammasi rasman aniq bo'lsa, batafsil gapirish mumkin. Ehtimol, intervyu uyushtiramiz va matbuot anjumani tashkil etiladi. Hozircha muzokaralar va barchasi bilan tanishish uchun keldim. Tarixiy klub "Paxtakor"ni kuchliroq qilamiz. O'zbekistonda bunday jamoa yo'q va yaqin orada bo'lmaydi ham. Jamoani kuchliroq qilib, yuqoriroq marralarga olib chiqamiz", – dedi 43 yoshli mutaxassis.
Avvalroq SHackix Ukrainadan Polsha davlatiga o'tgani va bugun O'zbekistonga uchib kelishi haqida xabar bergandik.
Eslatib o'tamiz, Maksim SHackix 2016-2017 yillarda Kievning "Dinamo" klubi U-19 jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. 2017-2019 yillarda "Dinamo" asosiy jamoasida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan. 2020-2021 yillarda Rossiyaning "Rotor" klubida Aleksandr Xacekvichning yordamchisi bo'lgan.