SportUz.Net

"Ronaldu, Moutino va Ruy Koshta Messidan kuchliroq". Brunu Fernandesh muxlislar savollariga javob berdi

02.04.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

SHu munosabat bilan futbolchi o'z tvitter sahifasida #AskBruno xeshtegi ostida muxlislar bergan savollarga javob qaytardi.


- Keyingi mavsum sakkizinchi raqamli libosda harakat qilasizmi?

- O'ylaymanki, bir kun shu raqamda o'ynayman. Ammo hozir do'stim Xuan Mata menga yaqinroq bo'lgani maqul.

- Messidan kuchliroq bo'lgan uch futbolchi?

- Ronaldu, Moutino, Ruy Koshta

- MYUga qo'shilganingdan keyingi eng esda qolgan vaziyat?

- Men juda ko'p yaxshi lahzalarni boshimdan o'tazdim. Ammo eng esda qolarlisi menimcha hali oldinda.

- Jonli ko'rgan eng zo'r golingiz?

- Antonio di Natalening "Udineze" tarkibida "Kievo"ga urgan goli

- Birga o'ynagan eng quvnoq o'yinchingiz?

- Menimcha Erik Bayi. Ammo Jessi Lingard ham bu borada Bayi bilan bahslashishi mumkin.

- Yoshligingizda qaysi futbolchiga xavas qilardingiz?

- Ko'pgina bolalar singari Ronaldino mening kumirim bo'lgan. Uning o'yinini tomosha qilish haqiqiy zavq berardi.

- Qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchingiz?

- Andres Inesta yoki Pirlo

- MYUning eng chiroyli libosi qaysi mavsumdagisi?

- Bu keyingi mavsumdagi libosimiz bo'ladi. 

- MYU futbolchilarining kiyinish borasidagi didi eng yomonlaridan biri...

- Hammaning o'z uslubi bor. Buni tanqid qila olmayman.

- Marvel qahramonlaridan qaysi birining rolini o'ynagan bo'lardingiz?

- O'rgimchak odam

- Portugaliya bu yil Jahon chempioni bo'lishi mumkinmi?

- Nega yo'q?

- Mashg'ulotlarda futbolchilarning oyoqlari orasidan to'pni eng ko'p kim olib o'tadi?

- Menimcha Jeydon Sancho. Har holda aynan u bu ishni qilishga eng ko'p harakat qiladi.

- APLda  siz qarshi o'ynagan eng kuchli yarim himoyachi kim?

- Kevin de Bruyne



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: