SportUz.Net
photo photo

"Everton" so'nggi daqiqalarda "Arsenal"ni mag'lub etdi

07.12.2021 07:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premer ligasining 15-turi doirasidagi so'nggi o'yinda "Everton" o'z maydonida "Arsenal"dan ustun keldi.

Mezbonlar uchrashuvda irodali g'alabani tantana qilishdi. O'yin taqdiri so'nggi daqiqalarda hal bo'ldi. Avvaliga Risharlison 79-daqiqada muvozanatni tikladi. Keyin esa asosiy vaqtga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Grey "Everton"ga g'alaba keltiruvchi golga muvalliflik qildi.  

Everton – Arsenal 2:1

"Gudison Park" stadioni

Gollar: 0:1 – 45 Edegor, 1:1 – 79 Risharlison, 2:1 – 90+2 Grey.

Everton – Pikford, Koulmen, Kin, Mina (Xolgeyt, 31), Godfri, Grey, Taunsend (Andre Gomesh, 66), Allan, Dukure, Gordon (Ivobi, 87), Risharlison.

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni (Nunu Tavaresh, 65), Jaka, Parti, Edegor, Saka, Lyakazett (Obameyang, 85), Martinelli (Nketia, 71).

Ogohlantirishlar: Godfri (51), Jaka (63), Edegor (74), Grey (90).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: