SportUz.Net

Qozog'iston ketma-ket 14 ta o'yindan beri yutmayapti. Seriya bir yildan oshiq davom etmoqda

13.10.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Qozog'iston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Finlyandiya (0:2)dan mag'lubiyatga uchradi.

Yon qo'shnilarimiz 14 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Qozog'iston bu davr mobaynida 9 ta mag'lubiyat va 5 ta durang qayd etdi. Ular so'nggi bor 2020 yilning 4 sentyabrida Millatlar Ligasi doirasida Litva (3:1)ni mag'lub etishgan edi. 

Jahon chempionati saralashida Talgat Baysufinov jamoasi D guruhida 3 ochko jamg'argan holda, so'nggi o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: