SportUz.Net
iks
ads

Sofascore. Eng yuqori ball Fayzullaevda! SHomurodovchi?

23.12.2025 09:36    


Rasmni yuklab olish

Kecha Turkiya Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" hamda "Gaziantep" (5:1) o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor SHomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. "Bashakshehir" 5:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda SHomurodov va Fayzullaev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Eldor SHomurodov bitta golda assistent rolini ham bajardi.

Sofascore nashri kechagi bahs uchun Eldor SHomurodovga 7,9 baho qo'ydi. Abbos Fayzullaev esa 9,3 bahoga loyiq ko'rildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: