SportUz.Net
iks
ads

Islom birdamligi o'yinlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokidan ONLAYN

11.11.2025 17:00    


Rasmni yuklab olish

Ar-Riyod shahrida Islom birdamligi o'yinlarining to'rtinchi kungi bellashuvlari boshlandi.

Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.  


SAHIFANI YANGILASH



16:30. -77 kg vaznli og'ir atletikachimiz Gulshodaxon Dadamirzaeva o'z chiqishini 5-o'rinda yakunladi. 


16:05. -60 kg vaznli muaytaychimiz Hasan Salomov iordaniyalik raqibini 30:26 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


15:55. Karate. -55 kg vaznli Gulshan Alimardonova chorak finalda Saudiya Arabistoni, yarim finalda esa BAA vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. 


14:30. Karatechimiz (-84 kg) SHuhrat Namozov avvaliga Sudan vakilini 3:0 hisobida mag'lub etdi. CHorak finalda esa senegallik raqibiga 0:2 hisobida yutqazdi. 


13:30. Suzuvchilarimiz kunduzgi dasturda ishtirok etishdi: 

4x100 kompleks, erkaklar jamoamiz saralashda 3:57.25 daqiqa bilan finalga o'tdi. 

200 metr, erkin: Anastasiya Zelinskaya 2:12.48 daqiqa bilan finalga yo'l oldi

200 metr, erkin: Ilya Sibircev 1:50.98 daqiqa bilan finalga yo'l oldi


— — — — —

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:  

12:05. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga brass usulida, saralash). Iskandar Sadullaev

12:05. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga brass usulida, saralash). Muhammadismoil Rahmonov

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida, saralash). Abdulazizbek Abdumajidov

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida, saralash). Eldorbek Usmonov

12:10. Karate (erkaklar, 84 kg, nimchorak final). SHuhratjon Namozov - Abdalla Ali Mustafa (Quvayt)

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda, saralash). Ilya Sibircev

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda, saralash). Yuriy Petrovnin

13:15. Muay-tay (erkaklar, 55-60 kg, nimchorak final). Hasan Salomov - Ahmad Alhaddad (Quvayt)

14:00. Og'ir atletika (ayollar, 77 kg, final). Gulshodaxon Dadamirzaeva

14:25. Muay-tay (erkaklar, 60-65 kg, nimchorak final). Jahongir Muhiddinov - Masud Abdulmaliki (Eron)

14:55. Muay-tay (ayollar, 50-55 kg, nimchorak final). Aziza Mamurova - Mariana Hijazi (Livan)

18:00. Futzal (erkaklar, bronza medali uchun). O'zbekiston - Saudiya Arabistoni

20:20. Suzish (ayollar, 50 m masofaga chalqancha usulida, yarim final). Parizod Abdukarimova

20:00. Og'ir atletika (ayollar, 86 kg, final). Rigina Adashbaeva

20:35. Suzish (ayollar, 50 m masofaga brass usulida, yarim final). Mahdiya Muxtorova.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: