
"Kecha kechqurun butun qalbim bilan sog'inadigan joyimga qaytdim. Bu — meni behad baxtiyor qilgan, siz meni ming martalab dunyodagi eng baxtli odam sifatida ko'rgan maskan. Umid qilamanki, qachondir qaytaman", - deb fikr bildirdi Messi.
El Partidazo de COPE xabariga ko'ra, argentinalik futbolchining tashrifi maxfiy bo'lgan — u kechasi stadionga kelgan va o'zi xodimlardan uni ichkariga kiritishni so'ragan. "Barselona" vakillari bunga rozi bo'lgan va ular, "Messi har doim bizning muhim mehmonimiz bo'lib qoladi", deb aytgan.
