SportUz.Net
iks
ads

Turkiyada 1000 dan ortiq futbolchi qimor mojarosi sababli chetlatildi. Ro'yxatda "Galatasaroy" va "Beshiktosh" o'yinchilari ham bor

11.11.2025 12:42    


Rasmni yuklab olish

Turkiyada katta qimor mojarosi bo'yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Turli divizionlarda to'p surayotgan 1000 dan ortiq futbolchi qimor o'yinlariga aloqadorlik aybi bilan musobaqalardan chetlatildi. Ular orasidan 27 nafari Superliga jamoalarida to'p suradi.

Turkiyaning Milliyet nashri xabar berishicha, chetlatilganlar orasida "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Antalyaspor" futbolchilari bor. CHetlatilganlar orasidan faqat bittasi legioner hisoblanadi.

Turkiya futbol federaciyasi FIFA bilan qo'shimcha transfer oynasini ochish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, chunki ikkinchi va uchinchi divizion jamoalari tarkib to'plashda qiyinchilikka duch kelgan. Hozircha bu divizionlardagi musobaqalar vaqtincha to'xtatilgan.

Bundan avval Turkiyada 17 nafar hakam va ikki klub prezidenti hibsga olingan, shuningdek, 149 nafar hakam qimor o'yinlarida ishtirok etgani uchun chetlatilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: