SportUz.Net
photo photo

Rafael Dos Anos Jastin Getjiga "vyzov" tashladi

05.04.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC chempioni Rafael Dos Anos keyingi raqibi kim bo'lishi haqida gapirdi.

36 yoshli tajribali jangchi keyingi raqibi Islam Maxachev emas, aksincha reytingning ikkinchi pog'onasidan joy olib turgan Jastin Getji bo'lishini istamoqda. Bu haqida UFC reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Anos Tvitter sahifasida yozgan. U amerikalik taniqli menejer Ali Abdelazizga javob bergan.

"TOP-5 reytingidan joy olganlarning bari Jastin Getjidan qochib ketdi", - deb yozgan Abdelaziz.

"Bilasanmi, eng yuqori reytingilar orasidan kim raqib bo'lishga munosib? Men shu erdaman. Menga shartnoma jo'nat", - deya Aliga javob yozgan braziliyalik.

Rafael Dos Anos o'tgan yilning noyabr oyida Pol Felderni mag'lubiyatga uchratgan edi. 32 yoshli Jastin Getji esa Xabib Nurmagomedovga yutqazib qo'ygandi. 

Malumot uchun, Xabib Nurmagomedovdan qolgan kamar uchun jang 15 may kuni Maykl CHendler va CHarlz Oliveyra o'rtasida bo'lib o'tadi. Jastin esa UFC prezidentining aytishi bo'yicha, iyul oyida o'tkaziladigan Konor Makgregor - Dastin Pore jangi uchun zaxira varianti bo'ladi. Yani kimdir jarohat olsa, uning o'rnini aynan Getji egallaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: