SportUz.Net
iks
ads

Entoni Joshua - Jeyk Pol jangi muddatidan avval yakuniga etdi

20.12.2025 10:09    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilgan Jeyk Pol - Entoni Joshua professional boks turniri nihoyasiga etdi.

"Kaseyya Centr"da o'tgan jang oltinchi raundda to'xtatildi. Jeyk Pol (12-2-0) sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua (29-4)ga qarshi jangda hech narsa qila olmadi. Ringda asosan qochib yurish bilan vaqt o'tkazdi. Ey Jey oltinchi raundda blogerni nokautga uchratdi. 

Jangning dastlabki uchta raundida Pol Joshuaning hujumlaridan muvaffaqiyatli qochdi. Ammo to'rtinchi raundda oyoqlari uni deyarli ushlab turmadi va u deyarli har bir zarbada tizzalab yiqilib tushishni boshladi.

Beshinchi raundda oyoqda zo'rg'a turgan Polga ikki marta nokdaun yozildi. Oltinchi raund boshlanganda Pol yana ringga quladi. Joshua bosimni kuchaytirdi, o'ng tomondan kuchli va aniq zarba bilan Polni yana yiqitdi va bu holatda hakam jangni to'xtatdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: