SportUz.Net
iks
ads

"Bu eng yaxshi chiqishim bo'lmadi" - Entoni Joshua Jeyk Pol bilan jang haqida

20.12.2025 11:03    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua biroz avval Mayami shahrida yakuniga etgan boks oqshomida bloger-bokschi Jeyk Pol ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"Bu eng yaxshi chiqishim emasdi. Ha, yaxshi emas. Maqsadim Jeyk Polga yaqinlashib, uni ring burchagiga qamab, og'riqli zarbalar yo'llash edi. Bu kutilganidan biroz ko'proq vaqt oldi, ammo o'ng qo'l nihoyat mo'ljalga etdi. Jeyk Pol bugun o'zini juda yaxshi ko'rsatdi va men unga yuqori baho bermoqchiman. U o'tkazib yuborilgan zarbalardan keyin o'rnidan turdi. Buning uchun haqiqiy erkak bo'lish kerak", - dedi Joshua jangdan so'ng.

Entoni Joshua jangning borishini ishonch bilan nazorat qildi va bir nechta nokdaunlardan so'ng Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratdi. Britaniyalik 36 yoshli bokschining professional rekordi 29 g'alaba va 4 mag'lubiyatni tashkil qilmoqda. Amerikalik 28 yoshli Jeyk esa bugun prof ringdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari 12 taligicha qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: