SportUz.Net
iks
ads

Movsar Evloevning navbatdagi jangi haqida xabar berildi

20.12.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vazn toifasi vakili rossiyalik Movsar Evloev davogarlik jangida oktagonga ko'tariladi.

Evloev britaniyalik Leron Myorfiga qarshi jang o'tkazadi. Davogarlik maqomidagi ushbu jang kelasi yilning boshida o'tkazilishi mumkin, deb xabar bermoqda vaziyatga yaqin manbalar.

Ayni paytda Movsar Evloev va Leron Myorfi tashkilotdagi to'qqizta g'alabadan iborat seriyada kelmoqda. Ular UFC yarim engil divizioni reytingida mos ravishda birinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Vazn chempioni Aleksandr Volkanovski o'z kamarini braziliyalik Diego Lopesdan himoya qiladi. Promoushen rahbarlari ushbu jangni belgilash orqali reytingda birinchi o'rinni band etgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasiga nohaqlik qilishgan. Buni ko'pchilik mutaxassislar aytishmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: