
Eslatib o'tamiz, Janibek doping sabab kubalik 42 yoshli Erislandi Lara bilan rejalashtirilgan birlashtiruvchi chempionlik jangini o'tkazib yuborgan edi. Qozog'istonlik chempionning jang oldidan topshirgan doping-testi ijobiy natija bergan edi.
Erislandi Lara jangda Alimxanulining o'rnini egallagan Xoan Gonsalesga qarshi ringga ko'tarilgan va ochkolar hisobi bo'yicha ishonchli g'alabaga erishgandi. Janibek o'rta vazn toifasida The Ring reytingida etakchilik qilgan bo'lsa, endilikda kuchli o'ntalikda ham yo'q. Ro'yxatni Karlos Adames boshqarmoqda, ikkinchi o'rinda Yoenli Ernandes, uchinchi o'rinda esa aynan Lara joylashgan.
Eslatib o'tamiz, IBF va WBO Alimxanuuli ishi bo'yicha o'z tekshiruvlarini olib bormoqda. Bokschi uchun eng yomon holatda u ikkala chempionlik kamaridan mahrum bo'ladi.

CHerneka Jonson, Kerolayn Dyubua va Yokasta Valle o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi
Tayson Fyuri Jeyk Polning Joshua ustidan g'alabasi uchun £ 1 mln funt tikishga vada berdi