
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Quvnoq jang bo'ldi - men bu sportni yaxshi ko'raman. Ha, bu tentaklik va aqldan ozish, men bugungi jangdan katta zavq oldim. Entoni - zo'r jangchi. Bugun meni kaltaklashdi, lekin bu sportning mohiyati ham shunda. Men qaytib kelaman va g'alaba qozonishda davom etaman", - dedi jangdan keyin Jeyk Pol.
Britaniyalik Entoni Joshua jangning borishini ishonch bilan nazorat qildi va bir nechta nokdaunlardan so'ng oltinchi raundda Jeyk Polni nokautga uchratdi. Bu bilan amerikalik raqibi prof boksdagi ikkinchi mag'lubiyatini taqdim etdi. O'zi esa 29-g'alabasini tantana qildi.

"Agar sen chindan ham yomon bola bo'lsang" - Jeyk Pol Tayson Fyuriga "vyzov" tashladi