Kecha doirasida og'ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga ukrainalik Ivan Yuxta raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Sanjar professional boksdagi beshinchi jangida ringga ko'tarilib, barchasida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs taxminan 22:15 dan so'ng boshlanadi.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO