Hamyurtimiz ushbu jang oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Kovalyovga qarshi to'qnashuvga jamoamiz, murabbiylarim, sparring sheriklarim juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Malum sabablarga ko'ra jang bekor qilindi. Lekin men kelgusida bundan ham katta janglarni o'tkazishni maqsad qilganman.
Menga kim bilan ringga chiqishni farqi yo'q. Kim bilan bo'lsa ham faqat g'alaba qozonishim kerak.
Jiddiy janglar? Men jang qilishga har doim tayyorman. Bundan keyin ham professional boksda yaxshi nomga ega bo'lib tezroq chempionlik janglari o'tkazish niyatim bor. Murabbiylarim, menejerlar, promouterlar menga ishonch bildirishmoqda. Bu ishonchni oqlash uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman", - dedi "Bek Bully".
Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi
Matbuot anjumani videosini tomosha qiling