
Endi vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang 31 yanvar kuni amerikalik Bryus Kerrington hamda Karlos Kastro o'rtasida bo'lib o'tadi. Kerrington iyul oyida yarim engil vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.
Fulton joriy yilning fevral oyida yarim engil vazn toifasida WBC chempioni bo'lgan va birinchi engil vaznda WBC chempioni O`SHaki Fosterga qarshi jangga darhol qiziqish bildirgandi. Biroq 5 dekabrdagi ushbu jang oldidan u vazn o'lchashda muammoga duch kelgandi. Natijada WBC bokschilarga engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazishga ruxsat bergan edi. Foster o'sha jangda ishonchli g'alabaga erishdi.

Guskov bilan durang qayd etgan Yan Blaxovich Jamal Xillga "vyzov" tashladi va darhol javobini oldi