SportUz.Net
iks
ads

IBA 2026 yil uchun 55 mln dollar ajratadi, 10 mln dollarlik jamoaviy jahon Kubogi o'tkaziladi

15.12.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks associaciyasi (IBA)ning 155 azo davlatlar ishtirokidagi Kongressi bo'lib o'tdi va unda rejalar muhokama qilindi.

Kelasi yildan etiboran terma jamoalar o'rtasidagi jahon Kubogi o'tkaziladi. Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan ushbu yangi musobaqada har bir milliy terma jamoa tarkibida 7 nafardan bokschi bo'ladi. Jahon Kubogining mukofot jamg'armasi 10 million AQSH dollaridan iborat bo'ladi. 

2026 yilda IBA milliy federaciyalar, sportchilar va murabbiylarni qo'llab-quvvatlash, chempionatlarni o'tkazishga ko'mak tariqasida 55 million AQSH dollari ajratadi. Musobaqada qatnasha olishga imkoniyati yo'q bokschi va murabbiylarga moliyaviy yordam beriladi. 

SHuningdek, IBA boksni rivojlantirish yo'lida imkoniyati kam federaciyalarga 50 ming juft qo'lqop va shlemlar taqdim etadi. 

"Biz IBA Boxing Game loyihasini ishga tushirdik. Unda sportchilar va muxlislar boks usullarini o'rganish orqali onlayn bahslashishlari mumkin. Maqsadimiz - har bir bokschi hamda milliy federaciyalarni qo'llab-quvvatlash, boksni butun dunyoga yanada tanitish", - deyiladi IBA bayonotida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: