SportUz.Net
iks
ads

"Humo Arena"da o'tadigan Octagon 83 turniri chiptalari qanchadan sotilyapti?

15.12.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 19 dekabr kuni poytaxtimizdagi ko'ptarmoqli "Humo Arena" muz saroyida Octagon 83 turniri bo'lib o'tadi.

Ayni paytda ushbu oqshom uchun chiqarilgan chiptalarning ham onlayn, ham offlayn sotuvi davom etmoqda. G'aznada eng arzon chiptaning narxi 50 000 so'm, eng qimmati esa 700 000 so'm qilib belgilangan. CHiptalarni joyiga qarab, 50 000, 70 000, 100 000, 150 000, 200 000, 250 000, 400 000, 550 000 va 700 ming so'mdan xarid qilish mumkin. 

Turnir kardidan Anvar Abdullaev, SHohasan Mirzamatov, Bobur Abdulazizov, Azizbek Temirov, Odilxon Kamalov singari taniqli aralash yakkakurash ustalarimizning janglari o'rin olgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: