
Promoushenning o'ta engil vazn toifasida o'zbekistonlik chempioni Anvar Abdullaev (10-0) qozog'istonlik Askar Jaksilikov (7-2)ga qarshi oktagonga chiqadi. Besh raundlik janglarda qatnashish bo'yicha tajribasi bor Jaksilikov hisobida 7 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Abdullaev esa 10 ta jangining barchasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan.
SHuningdek, turnir kardidan Anvar Abdullaev, SHohasan Mirzamatov, Bobur Abdulazizov, Azizbek Temirov, Odilxon Kamalov, Mansur Otajonov, Abbos Haydarov, Javohir Imomov singari taniqli aralash yakkakurash ustalarimizning janglari o'rin olgan.
"Humo Arena"ga keladigan tomoshabinlar qo'shni davlatlardan keladigan Bakdaulet Korganbay, Jonibek Jabborov, Arnur Kabdoldaev, Ramazan Amangeldi kabi sportchilarning janglaridan bahramand bo'lishadi.
