SportUz.Net
iks
ads

Tom Aspinall Ngannu bilan jang qilishga tayyor

15.12.2025 16:00    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning og'ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni Tom Aspinall ushbu kamarning sobiq sohibi Frensis Ngannu bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazishga tayyor ekanini malum qildi.

Kamerunlik aralash yakkakurash ustasi hozirda PFL jangchisi hisoblanadi. 

"Boks bo'yicha jahon chempionligi unvonini qo'lga kiritish uchun harakat qilmayman. 33 yoshimda bu narsaga erishaman deb o'ylashimning o'zi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bir-ikkita ko'rgazmali janglar o'tkazishim mumkin. Bu borada MMA jangchisiga qarshi ringga chiqishga qarshi emasman. Menimcha, Ngannu men uchun zo'r variant bo'lardi. Ammo avval UFC’da jang o'tkazishim kerak", - deya Aspinallning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Championship Rounds akkaunti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: