
"Kamaruning uslubi unga parterga tushib qolmaslik imkonini beradi. SHuningdek, u juda yaxshi "ikkilik" zarbalarga ega. Islamni avval ham "silkitishgan". Uni hatto nokaut qilishgan. Kamaru esa ko'zga tashlanmaydigan, ammo butun jang taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan zarbalarni yo'llay oladi. Islam — favorit, ammo men Kamaruni hisobdan chiqarmagan bo'lardim", — dedi Sexudo.