SportUz.Net
iks
ads

Fyurining promouteri Joshuaga qarshi jang haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi

15.12.2025 12:30    


Rasmni yuklab olish

Promouter Frenk Uorren The Ring tomonidan iyadh Season turnirida ikki britaniyalik sobiq jahon chempionlarining jangi o'tkazilishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Avvalroq Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang 2026 yilning bahor faslida London shahridagi muhtasham "Uembli" stadionida o'tkazilishi aytilgan edi. 

"Bazida ular juda yaxshi malumotga ega bo'ladi, - dedi Uorren The Ring jurnali xabari haqida talkSPORT`ga bergan intervyusida. - Men bu haqda izoh bermayman, lekin ular juda yaxshi xabardor. SHu bois umid qilamizki, shunday bo'ladi va tomoshabinlar kelasi yili o'zlari xohlagan narsani olishadi, yani bu ikki sobiq chempion bir-biriga qarshi o'z hamyurtlari ko'z o'ngida ringda to'qnash keladi". 

Uorrenning so'zlariga ko'ra, Fyurini ko'proq Joshua yoki Aleksandr Usikka qarshi janglar qiziqtirmoqda. Lekin hozirda sobiq chempion boshqa loyihalar bilan juda band, garchi u yaqinlarining xohishiga qarshi ringga qaytishga tayyorlanayotgan bo'lsa ham.

"Men Fyuri bilan bir necha haftadan beri gaplashmadim, chunki u juda band, - dedi promouter. - U Netflix uchun At Home With The Fury’s (Fyurining uyida) hujjatli filmini suratga olishda ishtirok etyapti. Va yana boshqa ko'plab narsalar bilan shug'ullanadi, shuning uchun u juda band. Ammo shunga qaramay, Tayson mashg'ulotlarni tashlab qo'ymaydi. U bilan gaplashsam, har doim ringga qaytishni xohlayotganini takidlaydi. Uning oilasi buni xohlamaydi, lekin o'zi qaytishni istaydi".

Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri 2024 yil dekabr oyida Aleksandr Usikdan ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabukl qilib olganidan so'ng, shu yilning yanvar oyida faoliyatini yakunlagan edi. Uorren mijozining bunday qisqa tanaffusdan keyin boksdagi faoliyatini davom ettirishda muammo ko'rmayapti.

"Ko'plab bokschilar uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytishadi va fikrimcha, bu eng yaxshi qaror emas. Agar Tayson qaytsa, keyinroq emas, ertaroq bu ishni amalga oshirgani maqul. Bir yil ichida ringga qaytish katta muammo emas, menimcha", - deya so'zlariga yakun yasadi Uorren.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: