SportUz.Net
iks
ads

Peddi Pimblett: "Topuriya kamarini bo'shatib qo'yadi"

15.12.2025 12:09    


Rasmni yuklab olish

Peddi Pimblett kelasi yilning yozigacha oilaviy sabablarga ko'ra faoliyatini to'xtatgan Iliya Topuriya engil vazndagi UFC chempionlik kamaridan mahrum bo'lishini istisno qilmayapti.

"Hozir uning shaxsiy hayotida ko'p narsalar sodir bo'lmoqda, men unga faqat yaxshilik tilayman. Bu bizning ehtimoliy jangimizga hech qanday aloqasi yo'q. Bu uning oilasi va umid qilamanki, unda hammasi yaxshi bo'ladi. CHin dildan umid qilamanki, hammasi eng yaxshi tarzda kechadi.

Meni faqat bir narsa tashvishlantiradi - u bilan oktagonga chiqib, mushtlashishim kerak. SHaxsiy hayotiga taalluqli hamma narsada unga omad tilayman, lekin nima bo'lishini hech qachon bilmaysan. Agar u iyun-iyul oylarigacha safga qaytmasa, kamarni bo'shatishiga to'g'ri kelishi mumkin. Bu holatda men birlashtiruvchi jangga chiqmasdan ham amaldagi chempionga aylanaman", - dedi britaniyalik aralash yakkakurash ustasi. 

Agar voqealar rivoji Pimblett aytgandek bo'lib chiqsa, u kamar himoyasini kimga qarshi o'tkazishni xohlashini allaqachon biladi. Va bu divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan emas.

"Menimcha, merosim uchun CHarlz Oliveyra yoki Maks Xollouey bilan jang qilish ancha muhimroq bo'lardi. Ularning janglarini tomosha qilishni yaxshi ko'raman. CHarlzga qarshi jangim ajoyib bo'lishini ko'p yillardan beri aytib kelaman. Agar u Maksdan o'tib olsa, jon-jon deb u bilan mushtlashardim.

Arman esa navbatda turib, aytilgan ishni qilaversin. U ko'pincha bunday qilmaydi, chunki otasi unga hamma narsani sotib olishi mumkin deb o'ylaydi, chunki ularning puli ko'p. Ammo Arman uzoqroqqa borishi ham mumkin. U haqida eshitishdan charchadim", - deya tushuntirdi Pimblett.

Malumot uchun, Peddi Pimblett 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida Jastin Getjiga qarshi oktagoga chiqadi. Ushbu jang engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi. 7 mart kuni esa UFC 326 turnirida Maks Xollouey va CHarlz Oliveyra o'rtasida jang bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: