SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 266 turniri uchun yana bir qiziqarli jang tasdiqlandi + POSTER

15.12.2025 10:21    


Rasmni yuklab olish

2026 yilning 7 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 266 turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar tomonidan ushbu turnir uchun navbatdagi jang rasman tasdiqlandi. Eng engil vazn toifasi vakillari Kiodji Xoriguchi va Amir Albazi o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. 

Amir Albazi 2024 yilning noyabr oyidan beri jang o'tkazmagan. O'shanda u hakamlarning yakdil qarori bilan Brendon Morenoga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu bilan Amir o'zining beshta g'alabali seriyasiga barham bergandi. 

Kiodji Xoriguchi esa shu yilning noyabr oyida rossiyalik Tagir Ulanbekovni uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Ayni paytda Amir Albazi UFC reytingida beshinchi, Kiodji Xoriguchi esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: