SportUz.Net
iks
ads

Peddi Pimblett: "Carukyan o'ziga o'zi qabr qazigan ahmoq!"

15.12.2025 09:18    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik engil vaznli aralash yakkakurash ustasi Peddi Pimblett rossiyalik UFC jangchisi Arman Carukyanni keskin tanqid qildi.

"Arman - ahmoq. U shunchaki katta o'yinlar haqida gapiradi... U o'ziga o'zi qabr qazib, chempionlik jangidan bosh tortdi. Uning fikricha, otasi millioner bo'lgani uchun bunday ishlarni o'zi to'lashi mumkin. UFC’da bu ish o'tmaydi. SHuning uchun jim o'tir, ovozingni o'chir va nima deyishsa, shuni qil", - dedi Pimblett.

Eslatib o'tamiz, 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida Peddi Pimblett engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu vaznda asosiy chempionlik kamari sohibi Iliya Topuriya faoliyatida tanaffus oldi.

Arman Carukyan UFC davogarlari reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. So'nggi jangida u Den Xukerni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: