SportUz.Net
iks
ads

SHohasan Mirzamatov to'rt kundan so'ng "Humo Arena"da oktagonga chiqadi + POSTER

15.12.2025 08:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan taniqli aralash yakkakurash ustamiz SHohasan Mirzamatovning navbatdagi jangi rasman elon qilindi.

19 dekabr kuni poytaxtimizdagi ko'ptarmoqli "Humo Arena" muz saroyida Octagon 83 turniri bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar tomonidan oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang tasdiqlandi. Unda 35 yoshli SHohasan Mirzamatov franciyalik Levi Karrielga qarshi oktagonga chiqadi. 

Malumot uchun, Levi MMAdagi faoliyati davomida 7 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Octagon League'da debyut jangini o'tkazadi. Mirzamatov hisobida esa 15 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor. Avvalroq, uning qozog'istonlik Bogdan Pshelbeskiyga qarshi jang o'tkazishi mumkinligi aytilgandi. 

SHohasan Mirzamatov bundan avvalgi jangini 21 sentyabr kuni aynan "Humo Arena"da tashkil etilgan Octagon 79 turnirida tojikistonlik Xudoid Rahmonovga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: